Putin urushni tugatmoqchi
Olam
−
11:01 2543 1 daqiqa
Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Ukrainadagi urushni joriy yilning oxirigacha o‘zi “g‘alaba” deb hisoblaydigan shartlar asosida yakunlashni istamoqda. Bu haqda “Bloomberg” xabar berdi.
Ma’lumotiga ko‘ra, Kreml rahbari Donbass ustidan to‘liq nazorat o‘rnatish hamda Yevropa bilan Rossiyaning hududiy yutuqlarini amalda tan oladigan xavfsizlik kelishuviga erishishni maqsad qilgan.
Kremldagi ayrim yuqori martabali amaldorlar urush boshi berk ko‘chaga kirib qolganini va uni tugatishning aniq yo‘li yo‘qligini tan olmoqda. Shuningdek, Rossiya elitasining ayrim vakillari Ukraina tomonidan frontdan uzoqda joylashgan Rossiya shaharlariga uyushtirilayotgan zarbalar sabab jamiyatda salbiy kayfiyat va urushdan charchash kuchayganini bildirgan.
Qayd etilishicha, Ukraina dronlarining Rossiya hududi ichkarisidagi nishonlarga, ayniqsa neftni qayta ishlash zavodlariga bergan zarbalari rossiyaliklar orasida urushdan charchash kayfiyatini kuchaytirgan.
Biroq Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskovning aytishicha, Putin urushni tugatish uchun hech qanday aniq muddat belgilamagan.
Live
Barchasi