Putin Ukrainada “dadilroq harakat qilish” taklifiga javob berdi
Olam
−
27 iyul 10479 2 daqiqa
Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Ukrainadagi urushda “yanada dadilroq harakat qilish” taklifiga munosabat bildirib, bunday qarorlar Rossiya tomoni uchun jang maydonida yo‘qotishlarga olib kelishi mumkinligini aytdi. Bu haqda u bugun, 27 iyul kuni Kreml saroyida Davlat Dumasining VIII chaqiriq deputatlari bilan uchrashuvda so‘z ochdi.
“Biz g‘alaba qilamiz. Lekin dadilroq harakat qilish kerak”, degan taqdirlash marosimi vaqtida mukofot oluvchilardan biri Putinga.
Bunga javoban Putin bunday yondashuvning o‘ziga xos xavflari borligini ta’kidlagan.
“Ammo savol tug‘iladi: yanada dadilroqmi? Xuddi iqtisodiyotdagi kabi bu yerda ham o‘ziga xos xavflar bor. Ularning bahosi esa biz tomondagi jang maydonidagi yo‘qotishlardir. Shu bois biz ehtiyotkorlik bilan, ammo qat’iy va izchil ravishda mamlakat oldiga qo‘yilgan maqsadlarga erishamiz”, degan Putin.
U Rossiya bundan buyon ham harbiy operatsiyada belgilangan maqsadlarga erishish yo‘lida ehtiyotkor, ammo izchil harakat qilishini ta’kidlagan.
Shuningdek, 2025 yil 19 dekabr kuni Rossiya Prezidenti Ukraina masalasida AQSH tashabbusi bilan taklif etilgan ayrim murosalarga rozi bo‘lganini, biroq bu Moskva uchun “oson bo‘lmagan qarorlar” bo‘lganini qayd etgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov AQSH va Ukraina o‘rtasida muhokama qilinayotgan havo sulhi taklifiga munosabat bildirib, bu haqda gapirishga hali erta ekanini aytgandi. Unga ko‘ra, Moskva yangi tashabbuslarni faqat Rossiya manfaatlariga mos kelsagina ko‘rib chiqadi.
Live
Barchasi