Putin To‘qayevning urushni “muzlatish” taklifini rad etdi
Olam
−
25 iyul 9983 1 daqiqa
Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayevning Ukrainadagi urushni “muzlatish” haqidagi taklifiga javoban harbiy harakatlar faqat Rossiya tomonidan qo‘yilgan maqsadlarga erishilganidan keyingina to‘xtatilishini aytdi. Bu haqda Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi.
Peskovning so‘zlariga ko‘ra, Putin taklifga javoban To‘qayevga “maxsus harbiy operatsiya haqida hammasini batafsil aytib bergan”. Kreml vakili, shuningdek, Kiyevning pozitsiyasini hisobga olgan holda “muzlatib qo‘yishning imkoni yo‘qligini” bildirgan.
“Biz uchun eng asosiy shart bor – biz o‘z maqsadlarimizga erishishimiz kerak”, deydi Peskov.
Uning qo‘shimcha qilishicha, harbiy harakatlarni to‘xtatish shartlari Rossiya TIV tomonidan ikki yil oldin bayon qilingan va ularning so‘zlariga ko‘ra, agar Ukraina rasmiylari tegishli qarorlarni qabul qilsa, urush “bugun kun oxirigacha to‘xtashi mumkin”.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Omskdagi uchrashuvda To‘qayev urushni “muzlatib qo‘yish”ni, “Istanbul formulasi 2.0”ga qaytishni va “buyuk davlatlar”, jumladan, Rossiya kafolati ostida tinch yo‘l bilan hal etish sari harakatni davom ettirishni taklif qilgan edi.
Live
Barchasi