Putin To‘qayevga otasi erisha olmagan mukofot hujjatni topshirdi
Olam
−
09 may 2025 15558 1 daqiqa
Bugun, 9 may kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayevga mamlakat Mudofaa vazirligi arxividan uning otasi – gvardiya serjanti Kemel To‘qayevga tegishli bo‘lgan mukofot varaqasini topshirdi. Bu haqda Kreml matbuot xizmati xabar berdi.
Hujjatga ko‘ra, u Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoniga tavsiya etilgan. Biroq bu unvon Kemel To‘qayevga berilmagan.
U Polsha hududidagi janglarda ko‘rsatgan jasorat va qahramonligi uchun Ikkinchi darajali “Vatan urushi” ordeni bilan taqdirlangan.
Qozog‘iston Prezidenti, o‘z navbatida, Rjev shahri yaqinidagi birodarlik qabriga amakisi dafn etilganini ta’kidlagan.
“Men sizga, Vladimir Vladimirovich va Rossiya hukumatiga minnatdorchilik bildiraman”, degan To‘qayev.
Eslatib o‘tamiz, 7 may kuni Ikkinchi jahon urushidagi g‘alabaning 80 yilligi, shuningdek, 7 may – “Vatan himoyachilari” kuni sharafiga Qozog‘istonning Ostona shahrida harbiy parad bo‘lib o‘tgan edi.
Live
Barchasi