Putin To‘qayevga qo‘ng‘iroq qildi. Mavzu – energetika

Olam

image

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin va Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev telefon orqali Rossiya-Qozog‘iston munosabatlarining yuqori darajasini muhokama qildi va bir-birini Yangi yil bilan tabrikladi. Bu haqda bugun, 3 yanvar kuni Kreml matbuot xizmati xabar berdi. 

“Telefon orqali muloqot chog‘ida Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin va Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev yangi yil bayrami munosabati bilan bir-birini tabriklab, Rossiya-Qozog‘iston strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarining yuksak darajasini qayd etdi”, deyiladi matbuot xizmati xabarida. 

O‘z navbatida Qozog‘iston Prezidenti Putinga 2022 yil 26-27 dekabr kunlari Sankt-Peterburgda bo‘lib o‘tgan MDHning norasmiy sammitida samimiy qabul uchun minnatdorlik bildirgan.  

Tomonlar ikki davlatning energetika sohasidagi hamkorligi masalalarini muhokama qilgan. 

“Shuningdek, biz bir qator dolzarb yo‘nalishlar, jumladan, yoqilg‘i-energetika kompleksi bo‘yicha amaliy hamkorlik masalalarini ham muhokama qildik”, deyiladi xabarda. 

Kreml matbuot xizmatining ta’kidlashicha, shu munosabat bilan yetakchilar ikki davlat hukumatlari va tegishli tuzilmalari o‘rtasidagi muvofiqlashtirishni davom ettirishga kelishib olgan.

Xabaringiz bor, joriy yilning 28 noyabr kuni Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin va Qosim-Jomart To‘qayev o‘rtasida Kremlda uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Muzokaralar yakunida Qozog‘iston Prezidentining ma’lum qilishicha, Putin To‘qayevga Rossiya, Qozog‘iston, O‘zbekiston ittifoqini tuzishni taklif qilgan. Keyinroq ma’lum bo‘lishicha, Putin To‘qayevga uch davlatning gaz bo‘yicha ittifoqini tuzish rejalarini aytgan va bu masala O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev qo‘ng‘iroq qilish niyati borligini bildirgan. 

8 dekabr kuni O‘zbekiston Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov O‘zbekistonning boshqa mamlakatlar bilan energetika sohasida hamkorlikka kirishi mamlakat ichidagi iste’mol talabi bilan bog‘liqgini aytib chiqdi.

"Bunda milliy manfaatlardan kelib chiqqan holda, o‘zimizning energiya tarmoqlarni kimgadir berib yuborish orqali emas, oldi-sotdi, tijoriy shartnomalar asosida hamkorlik qilish bo‘yicha muzokaralar olib borilyapti", degan edi vazir.  

Oradan ko‘p o‘tmay, Rossiya Prezident Matbuot kotibi Dmitriy Peskov ham bayonot bilan chiqib, gaz ittifoqini tuzishda hech kim siyosiy shartlar qo‘ymayotgani, ittifoq tuzish g‘oyasi kontekstida bu gap yo‘qligini aytdi. 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

1

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing