Putin tinchlik uchun G‘arbdan yozma kafolat istayapti – OAV

Olam

image

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Ukrainadagi urushni tugatib, tinchlikka erishishga tayyor, biroq bu – har qanday kichik narx evaziga amalga oshmaydi. Bu haqda Kremlga yaqin manbaga tayanib, “Reuters” xabar berdi.

Nashrning uch nafar rossiyalik manbasiga ko‘ra, Putin G‘arb davlatlaridan yozma kafolat olishni istamoqda – xususan, NATO sharqqa kengaytmasligi haqida. Bu degani, Ukraina, Gruziya, Moldova va boshqa sobiq SSSR respublikalarining NATOga a’zoligi qat’iy ravishda istisno qilinishi lozim.

Rossiya tomoni tinchlik bitimi shartlari sifatida quyidagilarni ilgari surmoqda:

  • Ukrainaning neytral maqomini tan olishi;
  • Rossiyaga nisbatan ba’zi sanksiyalarning bekor qilinishi;
  • Rossiyaning muzlatilgan aktivlari bo‘yicha masalaning hal etilishi;
  • Ukraina hududidagi rus tilida so‘zlashuvchi aholining huquqlarini himoya qilish.

Qolversa, Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Xavfsizlik masalalari bo‘yicha o‘tayotgan XIII xalqaro uchrashuvda Ukraina tomonidan neytral, harbiy bloklarga qo‘shilmaydigan va yadro qurolidan xoli maqomni qayta tiklashni Rossiyaning asosiy talablaridan biri sifatida qayd etgan. Lavrov, shuningdek, Qrim, Donetsk, Lugansk, Xerson va Zaporoje hududlarining Rossiyaga tegishli ekanligini xalqaro tan olinishi muhim shart ekanini aytgan. U Ukrainaning NATOga qo‘shilmasligi, 1990 yilgi Davlat suvereniteti to‘g‘risidagi deklaratsiyaga muvofiq neytral maqomini tasdiqlashi, “neonatsistik rejim” oqibatlarini bartaraf etishi va ozchilik millatlarning huquqlarini tiklashi kerakligini ham ta’kidlagan.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 27 may kuni Trampning Ukraina bo‘yicha maxsus vakili Kit Kellogg “Fox News” telekanaliga bergan intervyusida AQSH Ukrainaning bo‘lajak o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha takliflarini olgani haqida gapirgandi. Kelloggning tushuntirishicha, memorandum deganda u Moskva va Kiyev prinsipial jihatdan muhim deb biladigan muayyan maqsad va shartlarni nazarda tutadi, keyingi vazifa ularni yarashtirishga harakat qilish, shundan so‘ng muzokaralarning navbatdagi bosqichi o‘tkazilishi mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

Vladimir Putin Ukraina

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing