Putin ham, Zelenskiy ham juda qaysar – Tramp

Olam

image

AQSH Prezidenti Donald Tramp Rossiya havo kuchlarining Ukraina shaharlariga bergan zarbalaridan hayratda ekanini, bu davlatlar delegatsiyalari tinchlik muzokaralari olib borishi kerak bo‘lgan bir paytda sodir bo‘layotganini aytdi. Bu haqda Oq uy rahbari kecha, 30 may kuni Ilon Maskning Hukumat samaradorligi departamenti (DOGE) rahbari lavozimidan ketishi munosabati bilan bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida ma’lum qildi.

“Meni juda hayratda qoldirgan narsalarni ko‘rishga majbur bo‘ldim. Kiyev kabi shaharlarga raketalar uchirildi, muzokaralar chog‘ida, nazarimda, yakunlanishiga juda yaqin edi”, dedi AQSH prezidenti.

Trampning so‘zlariga ko‘ra, “muammoni deyarli hal qilinganida”, Rossiya Federatsiyasi Ukraina shaharlariga raketa uchirgan, bu esa odamlarni o‘ldirgan.

“Meni hayratga solgan narsalarni ko‘rdim. Va men hayron bo‘lishni yoqtirmayman. Shuning uchun men juda xafaman”, dedi Amerika rahbari.

Tramp so‘nggi haftada Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushida kamida besh ming kishi halok bo‘lganini aytdi – “ularning aksariyati askarlar, lekin ular ham butun Ukraina bo‘ylab kichik shaharchalarda yashagan odamlar edi”.

Rossiyaning Ukrainaga qarshi davom etayotgan urushi haqidagi suhbat jurnalistlardan birining Tramp Rossiya Prezidenti Vladimir Putinni “yaxshi yoki yomon odam” deb hisoblashi haqidagi savolidan keyin boshlandi. Jurnalist Tramp ma’muriyati “juda qaysar Vladimir Putin” bilan ish tutayotganini eslatib o‘tdi. Tramp ham “Ha”, deb uning fikriga qo‘shildi.

“Va Zelenskiy. Zelenskiy ham juda qaysar”, dedi Tramp.

Shundan so‘ng AQSH Prezidenti Putinni juda uzoq vaqtdan beri bilishini va u bilan “ko‘p” narsani boshidan kechirganini aytdi. Bunga misol sifatida Tramp Amerika ommaviy axborot vositalarining Rossiya Federatsiyasining Tramp g‘alaba qozongan 2016 yilgi AQSH saylov poygasiga aralashuvi haqidagi tekshiruvlarini keltirdi. AQSH Prezidenti haqidagi surishtiruvi uchun Pulitser mukofotini qo‘lga kiritgan “The New York Times” gazetasini tanqid qildi va gazeta ustidan sudga da’vo qilganini ta’kidladi. Oxir-oqibat, u berilgan savolga to‘g‘ridan to‘g‘ri javob bermadi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Rossiya Vladimir Putin Donal'd Tramp Ukraina Vladimir Zelenskiy

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing