PSJ portugaliyalik futbolchini ijaraga oldi
Sport
−
08 avgust 2023 3118 1 daqiqa
Fransiyaning PSJ klubi portugaliyalik futbolchi Gonsalo Ramushni o‘z safiga qo‘shib oldi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Parij klubi portugaliyalik futbolchini “Benfika”dan sotib olish imkoniyati bilan ijaraga olgan. PSJ Ramush uchun Lissabon klubiga 65+15 million yevro to‘laydi. Gonsaloning PSJ bilan bitimi keyingi yil yozigacha mo‘ljallangan.
Qayd etilishicha, “Benfika” futbolchini qaytarib sotib olishga majbur emas, lekin shartnomaga ko‘ra, Portugaliya jamoasi xohlasa, Ramushni ortga qaytarishi mumkin.
Portugaliya ligasining o‘tgan mavsumida Ramush 30 o‘yinda 19 ta gol urdi. “Transfermarkt”ga ko‘ra, 22 yoshli hujumchining qiymati 50 million yevroni tashkil etadi.