PSJ futbolchisi “Arsenal”ga o‘tmoqchi
Sport
−
09 dekabr 2021 3126 1 daqiqa
PSJ yarim himoyachisi Jorjino Veynaldum 2022 yilning yanvar oyida klubini o‘zgartirishi mumkin. Bu haqda “Sky Sports” nashri xabar berdi.
Niderlandiya terma jamoasining 31 yoshli futbolchisi parijliklar uni “Arsenal”ga ijaraga berishlarini istaydi va bir paytlar “Liverpul” va “Nyukasl” safida bo‘lganidek, Angliya Premer ligasida yana to‘p tepishni istaydi.
Biroq, PSJ Veynaldum tayanch zonasidagi asosiy futbolchi bo‘lmasa-da, qishda uni qo‘yib yubormoqchi emas.
Eslatib o‘tamiz, Jorjino Veynaldum joriy yilning iyun oyida erkin agent sifatida “Liverpul”dan kelib qo‘shilgan. Uning shartnomasi 2024 yilning yozida o‘z yakuniga yetadi va yillik maoshi 10 million yevroni tashkil qiladi.
Ma’lumot uchun, niderlandiyalik futbolchi joriy mavsum Parij klubi safida 20 ta o‘yinda maydonga tushgan va 3 gol urib, bitta golli uzatmani amalga oshirgan.
Live
Barchasi