Prezidentning sobiq yordamchisi pora olgani uchun 12 yilga qamaldi
Olam
−
05 iyul 2019 10644 1 daqiqa
Belarus Oliy sudi mamlakat Prezidentini Aleksandr Lukashenkoning Grodzen viloyati bo‘yicha sobiq yordamchisi Sergey Rovneykoni yirik miqdorda pora olgani uchun 12 yil muddatga ozodlikdan mahrum qildi. Bu haqda Belarus Oliy sudi saytida xabar berildi.
“Barcha mol-mulkini musodara qilgan holda 12 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Jazoni kuchaytirilgan tartibdagi ahloq-tuzatish koloniyasida o‘tashi belgilandi”, deyiladi sud xabarida.
Shu jinoyat ishi bo‘yicha “Vestern Texnolodjiz” kompaniyasi bosh direktori bo‘lib ishlagan Dmitriy Tixomolov ham pora berishda ayblanib, ikki yilga qamaldi. U Belarus boks federatsiyasi raisi ham bo‘lgan. Tixomolov ham jazoni kuchaytirilgan tartibdagi ahloq-tuzatish koloniyasida o‘taydi.
Mazkur ish bo‘yicha sud jarayoni yopiq tartibda o‘tkazilgan. Qaror qonuniy kuchga kirgan.
Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenkoning sobiq yordamchisi joriy yilning may oyida 200 ming dollar pora olayotganda qo‘lga tushgandi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025