Prezident noyabrda Turkiyaga boradi
Jamiyat
−
22 Oktabr 2021 6892 1 daqiqa
Joriy yilning 12 noyabr kuni Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashiga a’zo davlatlar rahbarlarining navbatdagi sammiti bo‘lib o‘tadi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti ham ishtirok etadi. Bu haqda Istanbulda bo‘lib turgan QALAMPIR.UZ muxbiri xabar bermoqda.
Noyabr oyi o‘rtalarida o‘tishi rejalashtirilayotgan sammitda siyosat, iqtisodiy, mintaqadagi xavfsizlik, terrorizmga qarshi kurash, o‘zaro tovar ayirboshlash, sog‘liqni saqlash, ta’lim yo‘nalishlarida muhim masalalar muhokama qilinadi.
Shuningdek, sammitda Prezidentlar Kengashni Tashkilotga aylantirish masalasini ham muhokama qiladilar.
Ma’lumot o‘rnida, Prezidentlar ishtirokidagi so‘nggi sammit joriy yilning 10 aprel kuni videoanjuman shaklida o‘tkazilgan edi.
12 yil avval Ozarbayjonda Naxichevan bitimi bilan tashkil etilgan Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashiga O‘zbekiston 2019 yilning oktyabr oyida a’zo bo‘ldi. Tashkilotga Ozarbayjon, Turkiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston a’zo mamlakatlar sanaladi. Vengriya va Turkmaniston Kengashning kuzatuvchi davlat maqomini olgan.
Live
BarchasiRossiyada o‘z chaqalog‘ini tashlab, qochib ketgan ayol bolasi bilan O‘zbekistonga qaytarildi
26 dekabr
Shavkat Mirziyoyev o‘zining oldingi va rahbarlarning hozirgi maoshida katta farq borligini aytdi
26 dekabr