Prezident xorazmlik fermer va toshkentlik dehqonni mukofotladi

Jamiyat

image

Prezident Shavkat Mirziyoyev Xorazm viloyati Xonqa tumanidagi “Sultonboy Xonimjon” fermer xo‘jaligi boshlig‘i Egamberdi Sultonovich Sobirov va Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on tumanidagi shaxsiy tomorqa yer egasi To‘lqinjon Nosirovich Mansurovni “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotladi. Prezidentning shu to‘g‘risidagi tegishli farmonlari bugun, 18 mart kuni e’lon qilindi. 

Xorazmlik fermer O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi sohasidagi ko‘p yillik samarali mehnati, zamonaviy agrotexnika usullarini qo‘llash orqali hududning og‘ir va murakkab sharoitida ekin maydonlarining meliorativ holatini yaxshilash, paxta va g‘alla yo‘nalishlarida yuqori hosildorlikka erishish, aholi farovonligini oshirishga qo‘shayotgan munosib hissasi, shuningdek, ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaligi faoliyatini namunali yo‘lga qo‘yish, yangi ish o‘rinlari yaratish borasidagi katta xizmatlari hamda jamoat ishlaridagi faol ishtiroki uchun mukofotlangan.

Prezident Sirdaryo viloyati ta’lim boshqarmasi boshlig‘ini mukofotladi (video) north_east

Prezident Sirdaryo viloyati ta’lim boshqarmasi boshlig‘ini mukofotladi (video)

Oqqo‘rg‘onlik dehqon esa tomorqachilikni rivojlantirish, jumladan, sabzavotchilik hamda asalarichilikni samarali yo‘lga qo‘yish, mo‘l va sifatli hosil yetishtirish orqali aholi farovonligini ta’minlashga qo‘shayotgan munosib hissasi, har qarich yerdan unumli foydalanib, o‘zining tashabbuskorligi, omilkorligi, boy tajribasi va mehnatsevarlik fazilatlari bilan boshqalarga shaxsiy namuna ko‘rsatib kelayotgani, shuningdek, yoshlarni Vatanga muhabbat, istiqlol g‘oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash borasidagi ibratli faoliyati, ijtimoiy hayotdagi faolligi uchun mukofotlangan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 30 yanvar kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev boshchiligida o‘tkazilgan ekin yerlarida daromadli mahsulot yetishtirishning yangi tizimi bo‘yicha yig‘ilishda qoraqalpog‘istonlik dehqon Genjimurat Turdimuratov, 7 fevral kuni esa Surxondaryo viloyatida faoliyat olib boruvchi tadbirkor Bahrom Qayumovich Raupov “Do‘stlik” ordeniga loyiq ko‘rilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent Shavkat Mirziyoev Xorazm Xonqa fermer Oqqo'rg'on Do'stlik Egamberdi Sobirov To'lqinjon Mansurov dehqon

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing