Prezident bir guruh yoshlarni mukofotladi
Jamiyat
−
17:08 3333 3 daqiqa
Yoshlar kuni munosabati bilan O‘zbekistonning faol va tashabbuskor yosh avlod vakillaridan bir guruhi mukofotlandi. Bu haqda bugun, 29 iyun kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev tegishli farmonni imzoladi.
Qayd etilishicha, “Kelajak bunyodkori” medali bilan mamlakatda yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning davlat va jamiyat hayotidagi faolligini oshirish maqsadida o‘zining yuksak azmu shijoati, bilim va salohiyati, iste’dod va qobiliyatini namoyon etib, turli sohalarda erishgan yutuqlari bilan Yangi O‘zbekiston taraqqiyotiga, uning xalqaro nufuzini yanada yuksaltirishga munosib hissa qo‘shayotgan, vatanga mehri va sadoqati, namunali xulqi va odobi hamda vatanparvarlik fazilatlari bilan tengdoshlariga har tomonlama o‘rnak bo‘lib kelayotgan quyidagi tashabbuskor va yetakchi yoshlar mukofotlanadi:
- Shaxzoda Alisher qizi Azatova – O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining Nukus filiali 4-bosqich talabasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi;
- Kamola Abduvosit qizi Odiljonova – Andijon davlat pedagogika institutining 1-bosqich doktoranti, Andijon viloyati;
- Jaxongir Shuxrat o‘g‘li Bafoyev – Buxoro shahridagi “Bukhara books” xususiy kitob do‘konlari tarmog‘i ta’sischisi, Buxoro viloyati;
- Mohira Sirojiddin qizi Jalolova – Jizzax viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining neyroxirurgiya bo‘limi neyrojarrohi;
- Asal Isomiddin qizi Ziyodova – Qarshi shahridagi “Bolalar akademiyasi” nodavlat ta’lim muassasasi rahbari, Qashqadaryo viloyati;
- Sulaymon Dovudovich Istamtoshev – Navoiy ixtisoslashtirilgan san’at maktab-internati o‘qituvchisi, Navoiy viloyati;
- Qobiljon Komil o‘g‘li Soloxiddinov – Yangi Namangan tumanidagi “Qobil Jiga servis” avtoservisi rahbari, Namangan viloyati;
- Pokiza Akmaljon qizi Nurmamatova – Pastdarg‘om tumanidagi “Kaja Games” milliy o‘yinlar startap loyihasi asoschisi, Samarqand viloyati;
- Temur Abbos o‘g‘li Raximberdiyev – Yangiyer shahridagi “Sesosino newenergy technology” xususiy korxonasi muhandis-texnologi, Sirdaryo viloyati;
- Akmal Qahramonovich Abduxoliqov – Angor tumanidagi “Aka-uka oltin yerlari” sabzavotchilik fermer xo‘jaligi boshlig‘i, Surxondaryo viloyati;
- Ozoda Ulug‘bek qizi Yunusova – “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyatining Mis boyitish fabrikasi yanchish va flotatsiyalash sexi flotatori, Toshkent viloyati;
- Hamidjon Valijon o‘g‘li Odilov – Farg‘ona shahridagi “TruDispatch” xususiy logistika korxonasi rahbari, Farg‘ona viloyati;
- Sevinch Hamroyevna Rahimova – Karate bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi, Xorazm viloyati;
- Azizaoy Maxmudjon qizi Mirfayzullayeva – Sergeli tumanidagi “Farog‘atli” mahalla fuqarolar yig‘ini yoshlar yetakchisi, Toshkent shahri;
- Laylo Olimovna Aslonova – O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati huzuridagi Yoshlar parlamenti raisi;
- Muhammadsaid Muhammadqosim o‘g‘li Mamasaidov – “Tahrirchi” sun’iy intellekt platformasi asoschisi;
- Zilola Voxid qizi Mo‘ydinova – Bojxona institutining bojxona to‘lovlari va statistikasi kafedrasi o‘qituvchisi;
- Sabina Ruslanovna Mustayeva – “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi xonandasi;
- Firuzjon Rasuljonovich Safolov – “Uzbekistan Airways” aksiyadorlik jamiyatining Parvoz xizmati departamenti “A-321” havo kemasi uchuvchisi;
- Lobarxon Haydar qizi Xo‘jamberdiyeva – O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universitetining 2-bosqich kursanti.
Live
Barchasi