Politexnika universiteti yonida yong‘in yuz berdi (video)
3-sahifa
−
28 Oktabr 2021 6803 1 daqiqa
Bugun, 28 oktyabr kuni soat 13:44 da Toshkent shahar Olmazor tumani Universitet ko‘chasida Toshkent davlat texnika universiteti yonida joylashgan oshxonada yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.
Mazkur holat yuzasidan 4 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 13:50 da voqea joyiga yetib borib, yong‘in soat 14:03 da qurshab olindi va soat 14:09 da batamom o‘chirildi.
Yong‘in oqibatida oshxona binosining 120 m.kv maydoni yonib zararlangan. Hodisa oqibatida jabrlangan va halok bo‘lganlar yo‘q.
Hozirda yong‘inning kelib chiqish sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Live
Barchasi