Polsha ukrainalik qochqinlar uchun shartlarni kuchaytirmoqda

Olam

image

Polsha hukumati Ukrainadan kelgan fuqarolar uchun mamlakatda bo‘lish shartlarini kuchaytirmoqda. Bu haqda “Deutsche Welle” xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Polsha Prezidenti Karol Navrotskiy qochqinlarni himoya qilishga oid maxsus dasturlarni uzaytiruvchi qonunni imzolagan. Biroq hujjat ularning mamlakatda qolish sharoitlarini cheklaydi. Rasmiylarning aytishicha, 2026 yilning 4 martidan keyin bu maxsus himoya to‘liq tugaydi.

Yangi qonunga ko‘ra, chet elliklar, jumladan, ukrainaliklarning bolalari uchun nafaqa faqat ularning ota-onalari Polshada ishlasa va soliq to‘lasa beriladi. Shuningdek, bola Polshada maktab yoki bog‘chaga qatnashi shart bo‘ladi (nogironlar bundan mustasno). Ishlamaydigan ukrainaliklar ayrim bepul tibbiy xizmatlar va boshqa imtiyozlardan ham foydalana olmaydi. 

Nashrga ko‘ra, 2026 yilning martidan keyin ukrainaliklarga boshqa barcha muhojirlar singari umumiy qoidalar bo‘yicha munosabatda bo‘linadi.

Masala Polshada siyosiy tortishuvlarga sabab bo‘lgan. Chunki oxirgi prezidentlik saylovida hokimiyatga kelgan Navrotskiy (o‘ng konservativ “Huquq va adolat” partiyasi vakili) o‘zini AQSH Prezidenti Donald Trampga o‘xshash siyosatchi sifatida ko‘rsatmoqda. U avgust oyida ukrainalarga beriladigan ijtimoiy yordamni uzaytirish loyihasini ham to‘sib qo‘ygandi.

Navrotskiy shu yilning 29 sentyabrida parlamentga yana ikki yangi qonun loyihasini taqdim etishi kutilmoqda. Ulardan biri – chet elliklar, jumladan, ukrainaliklar Polsha fuqaroligini olish uchun zarur bo‘lgan muddatni 2 yildan 10 yilgacha uzaytirish haqida. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Polsha hukumati fuqarolariga Belarusni zudlik bilan tark etishi, shuningdek, respublika hududiga sayohatdan tiyilishi kerakligini ta’kidlagandi.


Maqola muallifi

Teglar

Ukraina Pol'sha Karol' Navrotskiy

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing