Polsha rossiyalik diplomatlar uchun cheklovlar joriy qildi

Olam

image

Polsha “Rossiya Yevropa Ittifoqiga qarshi gibrid urush olib bormoqda” degan asosda rossiyalik diplomatlarning mamlakat ichida harakatlanishiga cheklovlar kiritdi. Bu haqda mamlakat Tashqi ishlar vaziri Radoslav Sikorskiy Bryusselda bergan matbuot bayonotida ma’lum qildi.

Uning aytishicha, Polshada Rossiyaning Yevropa mamlakatlaridagi voqealarni boshqarishga urinishlari haqida dalillar bor va "Rossiyaning Yevropa Ittifoqiga, jumladan Polshaga qarshi olib borayotgan gibrid urushiga" e’tibor qaratilmoqda.

Shu munosabat bilan Sikorskiy o‘z mamlakatida rossiyalik diplomatlar uchun harakatlanish cheklovlari joriy etilishini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, ushbu qaror haqidagi rasmiy xabar Rossiyaning Varshavadagi elchixonasiga yuboriladi.

Sikorskiyning ta’kidlashicha, harakatlanish cheklovlari konsullik va elchixonalar xodimlariga tegishli, ammo Rossiyaning Varshavadagi elchisiga taalluqli emas.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Pol'sha

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing