Polsha Prezidenti chiqqan samolyot favqulodda qo‘ndirildi

Olam

image

Polsha Prezidenti Anjey Dudaning Amerika Prezidenti Jo Bayden bilan uchrashish uchun Polshaning Jeshuv shahriga uchgan samolyoti texnik nosozliklar tufayli Varshavaga favqulodda qo‘ndi. Bu haqda “Polsat” nashri davlat rahbari devonining matbuot kotibi Yakob Kumochga asoslanib xabar tarqatdi.

Kumochning so‘zlariga ko‘ra, poytaxtda zaxira samolyot tayyorlangach, Duda Jeshuvga uchib ketgan.

Prezident devoni vakili Polsha va AQSH prezidentlarining tashrifi dasturi biroz o‘zgartirilishini qo‘shimcha qilgan. U aynan qanday o‘zgarishlar bo‘lishiga oydinlik kiritmagan. 

“Prezident Anjey Duda Jeshuvga kelganidan keyin Prezident Jo Bayden bilan uchrashadi”, deydi Kumoch.

Duda apparati rahbari Pavel Shrot “Reuters” agentligiga Prezident xavf ostida emasligini aytgan.

Bayden va Duda Polshada Ukrainadagi mojaro va uning natijasida yuzaga kelgan “gumanitar sohadagi inqiroz va inson huquqlari”ni muhokama qiladi, deya xabar bergan Oq uy.


Maqola muallifi

Teglar

Pol'sha

Baholaganlar

1002

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing