Pokistondagi masjidda ro‘y bergan portlashni kim sodir etgani aniq bo‘ldi
Olam
−
05 Mart 2022 30397 1 daqiqa
ISHID terrorchilik tashkiloti Pokiston shimoli-g‘arbidagi Peshovar shahrida shialar masjidiga uyushtirilgan qonli hujum uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oldi.
Mahalliy OAV ma’lumotlariga ko‘ra, Xayber-Paxtunxva viloyatidagi Kucha Risaldar masjidida sodir bo‘lgan portlash qurbonlari soni 57 kishiga yetgan, 200 ga yaqin kishi jarohat olgan.
ISHID terrorchilik tashkiloti ijtimoiy tarmoq orqali hujum uyushtirganlik uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olgan.
Hujum Peshovarda kriket bo‘yicha Avstraliya-Pokiston o‘yini kuni amalga oshirilgan. Pokiston hukumati o‘yin oldidan xavfsizlik choralarini kuchaytirdi.
Live
Barchasi
Ohangaronda yuk mashinasi yonib ketdi
01 Noyabr