Pokiston bilan janglarda 70 dan ortiq afg‘onistonlik halok bo‘ldi
Olam
−
09:40 1998 2 daqiqa
Afg‘oniston va Pokiston o‘rtasidagi chegaradagi to‘qnashuvlar oqibatida 70 nafardan ortiq afg‘on harbiy xizmatchisi halok bo‘ldi. Bu haqda Pokiston xavfsizlik organlaridagi manbalarga tayanib, “Geo TV” xabar berdi.
Nashr etilgan xabarga ko‘ra, kamida 72 nafar afg‘on harbiysi halok bo‘lgan, 120 dan ortiq jangchi jarohat olgan.
Xabarda ta’kidlanishicha, Pokiston kuchlari 30 dan ortiq afg‘on tanki, artilleriya qurollari va bronetransportyorlarini yo‘q qilgan, shuningdek 12 ta chegara postiga zarba bergan hamda yana 5 tasini nazoratga olgan.
Bundan tashqari, Pokiston harbiy-havo kuchlari Afg‘onistonning Nangarhor viloyatidagi yirik o‘q-dorilar omboriga aviazarbalar bergan. Bombardimon natijasida ombor to‘liq yo‘q qilingan.
Ikki davlat kuchlari o‘rtasidagi yangi to‘qnashuvlar bugun, 27 fevral kuniga o‘tar kechasi Afg‘onistonning olti viloyatida boshlangan. Janglar Nuriston, Xost, Paktiya va Paktika viloyatlarining chegara hududlarida, Qobul tomonidan rasman tan olinmagan Dyurand chizig‘i yaqinida davom etmoqda.
Keyinchalik Pokiston aviazarbalaridan so‘ng Afg‘oniston kuchlari sharqiy viloyatlar hududida javob operatsiyasini boshlagani ma’lum bo‘lgan. Xususan, afg‘on harbiylari Nangarhor va Kunar viloyatlarida 15 ta pokistonlik chegara postini yo‘q qilgani va 8 ta pozitsiyani egallagani bildirilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Pokiston Mudofaa vaziri Xoja Osif X ijtimoiy tarmog‘ida bir necha oylik qurolli to‘qnashuvlardan so‘ng keskinlik “ochiq urush” bosqichiga o‘tganini bildirgandi.
Pokiston axborot vaziri Attaulla Taror ham zarbalar Qobul, shuningdek Paktiya va Qandahor viloyatlaridagi nishonlarga berilganini tasdiqlagan. Keyinchalik Bosh vazir Shahboz Sharif Pokiston Qurolli kuchlari har qanday tajovuzkor harakatni qat’iy bartaraf etishga qodir ekanini ta’kidlagan.
Live
Barchasi