Pochettino PSJ yetakchisi kimligini aytdi
Sport
−
06 yanvar 2021 7702 1 daqiqa
PSJning yangi bosh murabbiyi Mourisio Pochettino Neymarning jamoadagi yetakchiligi haqidagi savolga javob berdi. Bu haqda “Sports” nashri yozmoqda.
“Neymar [jarohatdan keyin] jamoa bilan mashg‘ulotlarni boshlaganida, eng yaxshi darajadagi o‘yinini namoyish qilishi uchun biz unga maqbul pozitsiyani topamiz”, deydi murabbiy.
Shuningdek, Pochettino taktik sxemalar haqida gapirishni yoqtirmasligini qo‘shimcha qilib, jamoa ajoyib o‘yin ko‘rsatishi hamda Neymardan boshqa futbolchilar ham yuqori darajada harakatlanishi ustida ishlayotganini ta’kidlagan.
“Jamoada hamma yetakchi. Yetakchilik salohiyati turlicha namoyish qilinishi mumkin. Kiyim almashtirish xonasidami yoki maydonda, farqi yo‘q, jamoada qancha yetakchi ko‘p bo‘lsa, klub uchun shuncha yaxshi bo‘ladi”, deydi Pochettino.
Live
Barchasi