Pirlo Italiya terma jamoasi bosh murabbiyligi uchun nomzodlar qatoridan chiqdi
Sport
−
27 iyul 1071 2 daqiqa
Andrea Pirlo endi Italiya milliy terma jamoasining bosh murabbiyi lavozimiga nomzod emasligini ma’lum qildi. Bu haqda u o‘zining Instagram sahifasida e’lon qildi.
“Kecha kechqurun menga, endi Italiya terma jamoasi bosh murabbiyligi uchun nomzod emasligimni ma’lum qilishdi”, deb yozdi Pirlo.
Avvalroq, Pirloning Italiya terma jamoasiga tayinlanishi Rossiya bukmekerlik kompaniyasi bilan hamkorligi tufayli siyosiy bahslarga sabab bo‘lgani xabar qilingan edi. Bir qator italiyalik deputatlar aynan shu hamkorlik sabab uning nomzodiga qarshi chiqqan.
47 yoshli Pirlo 2025 yildan buyon BAAning “Dubai United” klubini boshqarib kelmoqda. U o‘z faoliyati davomida Turkiyaning “Fotih Karagumruk”, Italiyaning “Yuventus” va “Sampdoriya” klublariga ham ustozlik qilgan.
Uning boshqaruvi ostida “Yuventus” 2020 yil Italiya Superkubogini va 2021 yil Italiya kubogini qo‘lga kiritgan.
Futbolchilik faoliyatida Pirlo “Breshia”, “Inter”, “Redjina”, “Milan”, “Yuventus” va AQSHning “Nyu-York Siti” klublari sharafini himoya qilgan.
U olti karra Italiya chempioni, ikki karra Italiya kubogi sohibi, uch karra Italiya Superkubogi g‘olibi, ikki karra Chempionlar ligasi va UEFA Superkubogi sohibi, shuningdek, Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati g‘olibi hisoblanadi.
Italiya milliy terma jamoasi safida Pirlo 2006 yilgi Jahon chempionatida oltin, 2012 yilgi Yevropa chempionatida kumush va 2013 yilgi Konfederatsiyalar kubogida bronza medalini qo‘lga kiritgan.
Live
BarchasiBloger Aziz Hakimov 4 yilga qamaldi
11 avgust
Putin hech narsadan qo‘rqmasligini aytdi
11 avgust