Peruda 500 dan ortiq chaqaloqqa Holand ismi qo‘yildi
Sport
−
10:49 647 1 daqiqa
2026 yilgi Jahon chempionati davomida Peruda tug‘ilgan 500 dan ortiq chaqaloqqa Norvegiya milliy terma jamoasi hujumchisi Erling Holand sharafiga ism qo‘yildi. Bu haqda AFP agentligi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, 468 nafar chaqaloqqa Holand, yana 91 nafariga esa Erling Holand ismi berilgan. Bu ismlar bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan chaqaloqlarning aksariyati Jahon chempionati boshlanganidan keyin tug‘ilgan. Ayniqsa, Norvegiya terma jamoasi chorak finalga chiqqanidan so‘ng bunday holatlar soni keskin oshgan.
Ma’lumot uchun, 25 yoshli Holand Angliyaning “Manchester Siti” klubi safida to‘p suradi. 2026 yilgi Jahon chempionati uning faoliyatidagi ilk mundial hisoblanadi. U musobaqada o‘tkazgan 4 ta uchrashuvda 7 ta gol urib, joriy Jahon chempionatining eng yaxshi to‘purarlar ro‘yxatida uchinchi o‘ringa ko‘tarildi.
Eslatib o‘tamiz, kecha, 12 iyul kuni Jahon chempionatining chorak finalida Norvegiya terma jamoasi Angliyaga 2:1 hisobida mag‘lubiyatga uchrab, musobaqadagi yurishini yakunladi.
Live
Barchasi