Pensiya to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga o‘zgartirish kiritiladi

Jamiyat

image

“Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi Qonun “Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiqlashtiriladi. Tegishli o‘zgartirishni nazarda tutuvchi qonun loyihasi muhokama uchun e’lon qilindi.

Moliya vazirligi ishlab chiqqan qonun loyihasida pensioner vafot etgan oydagi pensiyasini qarindoshlariga to‘liq hajmda berish nazarda tutilmoqda. Amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq vafot etgan pensionerning qarindoshlariga u vafot etgan sanagacha bo‘lgan kunlar uchun pensiya to‘lanadi.

Shuningdek loyihada “nogiron” tushunchasini “nogironligi bo‘lgan shaxs” tushunchasiga o‘zgartirish taklif etilmoqda.

O‘zgartirishlar kiritilishi munosabati bilan byudjetdan tashqari davlat Pensiya jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan qo‘shimcha ravishda yiliga 4,4 mlrd so‘m to‘lanishi kutilmoqda.

Loyiha qabul qilinishi bilan Vazirlar Mahkamasining 7.09.2011 yildagi 252-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat pensiyalarini tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritiladi. 

Loyiha o‘zgartirilishi, unga qo‘shimcha kiritilishi yoki bekor qilinishi mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

pensiya

Baholaganlar

1005

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing