Pashinyanning o‘g‘li o‘g‘irlab ketildi
Olam
−
17 may 2023 21918 2 daqiqa
Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyanning o‘g‘li Ashot Pashinyan o‘g‘irlab ketildi. Bu haqda Pashinyanlar oilasiga tegishli “Haykakan Jamanak” gazetasi xabar berdi.
Bugun, 17 may kuni taxminan soat 15:00 da Armaniston Bosh vazirining o‘g‘li Ashot Pashinyanni uy yonidagi hududdan o‘g‘irlab ketishga urinish bo‘lgan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, muvaffaqiyatsiz o‘g‘irlash ishtirokchilari “O‘g‘illar chaqiruvi” (2020 yil kuzida Qorabog‘ urushida halok bo‘lgan askarlarning ota-onalari tomonidan tuzilgan) jamoat tashkiloti a’zolaridir.
“Ular Ashot Pashinyanni mashinaga o‘tirishga majbur qilishgan, biroq ma’lum vaqtda u mashinadan sakrab tushishga muvaffaq bo‘lgan. Shundan so‘ng Bosh vazirning o‘g‘lini orqadan kuzatib kelayotgan xuddi shu tashkilot mashinasi urib yuborgan”, deb yozgan gazeta.
Nashrning qayd etishicha, Pashinyan oyog‘idan jarohat olgan, u huquq-tartibot idoralariga murojaat qilgan.
Halok bo‘lgan askarlarning ota-onalaridan biri Garik Galeyan arman matbuotiga Bosh vazirning o‘g‘lini ko‘rib, mashinaga o‘tirishni taklif qilganini aytgan.
“O‘tiring, otangiz nima qilganini ko‘rishingiz uchun Yerablurga (harbiy qabriston) boramiz, dedik. Biz unga hech narsa qilmasligimizni aytdik. U o‘z ixtiyori bilan o‘tirdi, biz yo‘lga chiqdik. U yo‘lning o‘rtasidan mashinadan sakrab tushdi”, deydi Galeyan.
Armaniston politsiyasining “Interfax”ga xabar berishicha, Bosh vazirning o‘g‘lidan odam o‘g‘irlashga urinish haqida xabar kelgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ashot Pashinyanga hujum uyushtirilgandi.
Live
Barchasi