Parijda bir asrlik taqiq tugadi

Olam

image

Fransiya hukumati 100 yil oldin qabul qilingan Parij shahridan oqib o‘tuvchi Sena daryosida suzishni taqiqlovchi qonunni bekor qildi. Bu haqda “France 24” xabar berdi.

Qayd etilishicha, bugun, 5 iyul kuni ertalab mahalliy vaqt bilan soat 8 dan boshlab aholiga Sena daryosida suzishga ruxsat berilgan. Umumiy suzish uchun Eyfel minorasi, Notr-Dam sobori yonida, shuningdek, shaharning sharqiy qismida maxsus joy ajratilgan. Shuningdek, yana 14 ta maxsus joy tayyorlanmoqda.

Ma’lumot uchun, shahar kanalizatsiyasi, fabrika chiqindilari va turli kimyoviy moddalar qo‘shilishi oqibatida 1923 yilda Sena daryosida cho‘milish taqiqlangan edi. 2024 yilgi Parij Olimpiadasi oldidan Fransiya hukumati Senani tozalash uchun 1,4 milliard yevrodan ortiq mablag‘ yo‘naltirdi. Musobaqaning ochiq suvda suzish va triatlon kabi bosqichlari aynan Senada tashkil etilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Parij Eyfel' minorasi Sena daryosi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing