“Paxtakor” bosh murabbiyi Angliyada ish boshladi
Sport
−
28 yanvar 2022 6213 1 daqiqa
“Paxtakor” klubining sobiq murabbiyi Shota Arveladze Angliyaning “Xall Siti” jamoasi yangi bosh murabbiyiga aylandi. Bu haqda ingliz klubi matbuot xizmati xabar berdi.
Gruziyalik mutaxassis “Xall”ning sobiq bosh murabbiyi Grant Makkenni o‘rniga tayinlandi. Bunday qarorni “yo‘lbarslar”ning yangi xo‘jayini – turkiyalik Ajun Ilijali qabul qilgan. Shartnoma 2,5 yil muddatga imzolangan. Yorkshir grafligi jamoasi Angliya Chempionship jadvalida 27 ta o‘yindan so‘ng 19-o‘rinni egallab turibdi.

Eslatib o‘tamiz, 48 yoshli Arveladzening so‘nggi ish joyi “Paxtakor” bo‘lib, ikki marta O‘zbekiston chempioni bo‘lgan. Shuningdek, Gruziya terma jamoasining sobiq futbolchisi Turkiyaning “Trabzonspor”, “Qosimposhsho” va “Kayzerispor” klublarida murabbiy sifatida faoliyat yuritgan.
Ma’lumot uchun, joriy yil yanvar oyida Viktor Goncharenko “Krasnodar”dan chetlatilganidan so‘ng, Shota Arveladze Rossiya klubida ish boshlashi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Live
BarchasiBloger Aziz Hakimov 4 yilga qamaldi
11 avgust
Putin hech narsadan qo‘rqmasligini aytdi
11 avgust