Oylik past bo‘lgan – Shermatov xalqaro tashkilotda ishlagani sababini ochiqladi

Jamiyat

Joyida kesib nuqta qo‘ymasak, yana avj olib ketishi mumkin – Shermatov north_east

Joyida kesib nuqta qo‘ymasak, yana avj olib ketishi mumkin – Shermatov

So‘nggi 3 yilda davlat boshqaruvidagi islohotlardan biri davlat xodimlari oyligining oshirilishi bo‘lgan. Bundan maqsad korrupsiyani  oldini olish bo‘lib, lekin inqiroz vaqtida oyliklar tushishi mumkin. Bu haqda Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov QALAMPIR.UZ jurnalisti ishtirokida o‘tgan videokonferensiyada ma’lum qildi. 

Sherzod Shermatov, vazir: — Oxirgi 3 yilda davlat boshqaruv tizimidagi eng katta islohotlardan biri – davlatga yangicha, zamonaviy fikrlovchi, ingliz tilini biladigan, xalqaro tashkilotlarda ham ishlay oladigan mutaxassislarga ham raqobatbardosh oylik berib, davlat ishiga olib kelish imkoniyati yaratilganidir. 

2016 yilgacha bo‘lgan davrga qarasangiz, davlatning oyligi juda past bo‘lgan. Oyliklar xususiy sektor yoki xalqaro tashkilotlardek bo‘lmagan. Men o‘zim ham ma’lum vaqt BMTning O‘zbekistondagi vakolatxonasida ishlashga majbur bo‘lganman. Chunki davlatning oyligiga oilani boqib bo‘lmas edi. Majbur bo‘lib BMTning vakolatxonasida, loyihasida ishlaganman. Menda BMTning maxsus yashil pasporti bo‘lgan. Ya’ni AQSH kabi davlatlarga ham bemalol alohida shakldagi viza bilan kirishga huquq berilgan. 

Hozir bu inqiroz bo‘lib rag‘batlantirish cheklanganidan so‘ng, albatta, shu imkoniyatlar ham cheklanadi. Bu haqda ijtimoiy tarmoqda iqtisodiy yo‘nalishni muhokama qiluvchi blogerlar ham aytishmoqda. Lekin o‘sha gap, ya’ni elga kelgan to‘y. Inqiroz – hamma birlashadigan davr. Shuning uchun, qiyinchiliklarni birgalikda yengib o‘tish kerak. 

Bizning sohada ham, boshqa sohada ham baribir oyliklar kamayadi. “Boshqarma boshliqlari shuncha oylik oladi” deb qaysidir vazirlik aytsa, to‘polon bo‘lgandi-ku. Bu nimaga qilingan? Bir tomondan, korrupsiya deyapmiz. O‘zbekiston korrupsiya reytingida eng past ko‘rsatkichlarga ega deyapmiz. Korrupsiya bo‘lmasligiga yaxshi mutaxassis olib kelish uchun sharoit qilish kerak. Chunki boshqarma boshlig‘imi yoki vazir o‘rinbosarimi, bular juda katta vakolatga ega insonlar. Unga yashashi uchun sharoit bermasa bo‘lmaydi-ku. Xuddi sovet davrida “skladning boshlig‘iga oylik ham beriladimi” degan bir latifa bo‘lardi-ku. Bunday bo‘lish kerak emas. Prezidentimiz aynan oyliklarni oshirishining maqsadi ham korrupsiyani oldini olish hisoblanadi.


Maqola muallifi

Teglar

inqiroz Sherzod Shermatov

Baholaganlar

157

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing