Ota jonli efirda 11 oylik qizini osib o‘ldirdi

Olam

image

Tailandda 21 yoshli Vuttisan Vongtalay ismli erkak jonli efir paytida o‘zining 11 oylik qizini osib o‘ldirdi va o‘z joniga ham qasd qildi. Bu haqda “The Mirror” xabar berdi.

Fojia Pxuket shahridagi tashlandiq mehmonxonada yuz bergan. Tailand politsiyasining ma’lum qilishicha, 21 yoshli Vuttisan Vongtalay 2017 yilda rafiqasi bilan janjallashib qolgach, 11 oylik qizi Natalini osgan va dushanba kuni Pxuketdagi tashlandiq mehmonxonada o‘z joniga qasd qilgan.

Hodisa ijtimoiy tarmoqlarda jonli efir orqali namoyish etilgan. Video butun kun davomida tarmoqlarda aylanib, foydalanuvchilarni dahshatga solgan. Keyinroq Ijtimoiy tarmoq administratsiyasi yozuvni o‘chirib tashlagan va marhumlarning oilasiga hamdardlik bildirgan.

Qizaloqning onasi, 21 yoshli ayol ijtimoiy tarmoqni yoki videoni tarqatganlarni ayblamasligini aytgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, odamlar ushbu lavhani g‘azab va qayg‘u sabab ulashishgan. Shuningdek, u eri avval zo‘ravonlik uchun sudlangani va qamoqda o‘tirganini eslatgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qozog‘istonning Olmaota shahrida bloger o‘zini tiriklayin ko‘mdirib, qabr ichida jonli efir olib borgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Tailand Vuttisan Vongtalay Pxuket

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing