Organizm qarishini tezlashtiradigan mahsulotlar aytildi
Salomatlik
−
12 oktabr 2020 27319 1 daqiqa
Organizmning qarishini tezlashtiradigan bir necha turdagi oziq-ovqat mahsulotlari ma’lum bo‘ldi. Bu haqda "Sabah" nashri xabar bermoqda.
Shunday qilib, tarkibida shakar miqdori yuqori bo‘lgan mahsulotlar terining sifatini yomonlashtiradi va ajinlar paydo bo‘lishiga olib keladi. Buning sababi shundaki, shakar tanadagi lipidlar va oqsillarga zarar yetkazishi mumkin.
Qahva, tuz va tanani suvsizlanishiga sabab bo‘luvchi qayta ishlangan go‘shtlar ham terining qarishini tezlashtiradi.
Fast fud, qovurilgan yog‘li ovqatlar, margarin va konservalar yurak kasalliklari va qon tomirlari muammolarini chaqiradi. Masalan, qovurilgan kartoshka yoki ko‘mirda tayyorlangan go‘sht terining hujayralariga zarar yetkazadi.
Shuningdek, tahlilchilar ro‘yxatidan qon tomirlarini kengaytiradigan va teriga salbiy tasir ko‘rsatadigan achchiq ovqat ham joy olgan.
Live
BarchasiIspaniya migrantlarni Seutani tark etishga majbur qilish uchun ularni suv va o‘tsiz qoldirmoqda
17:40
Toshkentdagi o‘pirilib tushgan yo‘l o‘tkazgich qurilishida 7,4 mlrd so‘m yeb yuborilgani ayon bo‘ldi
17:28