“Open budget”ning g‘olib loyihalari e’lon qilindi (video)

Jamiyat

image

“Ochiq byudjet” portalida “Tashabbusli byudjet” jarayonining 2026 yilgi 2-mavsumi g‘olib loyihalari e’lon qilindi. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, ovoz berish jarayonida mamlakat bo‘ylab jami 10 mln 124 mingta ovoz berilgan.

Ovoz berish yakunlariga ko‘ra, jami 2 195 ta loyiha g‘olib deb topilgan. Shundan 2 059 tasi an’anaviy, 136 tasi esa sheriklik loyihalari hisoblanadi.

Bildirilishicha, g‘olib loyihalarni amalga oshirish uchun jami 3 trln 12,3 mlrd so‘m mablag‘ ajratilgan.

G‘olib loyihalar ro‘yxati bilan “Ochiq byudjet” portalida tanishish mumkin.

Ma’lumot uchun, “Tashabbusli byudjet”ning 2026 yilgi 2-mavsumi 15 iyuldan 31 avgustgacha 4 bosqichda o‘tkazildi. Dastlab, 15 iyuldan 3 avgustgacha loyihalar ro‘yxatga olindi. 4-18 avgust kunlari loyihalar saralandi. 19-21 avgust kunlari targ‘ibot ishlari olib borildi hamda 22-31 avgust kunlari ovoz berish jarayoni bo‘lib o‘tdi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing