Oltinko‘l tumaniga yangi hokim tayinlandi. Avvalgisi pnevmoniyadan vafot etgandi

Jamiyat

image

Bugun, 22 oktyabr kuni Xalq deputatlari Oltinko‘l tuman Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda tashkliy masala ko‘rildi.

Yig‘ilish yakuniga ko‘ra, Oltinko‘l tumani hokimi lavozimiga Iqbolbek Xasanboyevich Matruziyev tayinlandi.

Iqbolbek Xasanboyevich Matruziyev 1984 yilda Andijon viloyatining Jalaquduq tumanida tug‘ilgan. 2008 yilda Andijon davlat universitetini tamomlagan. 

Mehnat faoliyatini 2003 yili Jalaquduq tumani 50-sonli maktabgacha ta’lim muassasasi ishchisi vazifasidan boshlagandi.

2004-2006 yillarda Andijon viloyati Jalaquduq tumani xalq ta’limi bo‘limi markazlashgan hisobxona kompyuter operatori bo‘lgan.

2017-2018 Andijon viloyati hokimligi moliya boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari lavozimida ishlagan.

Tayinlovga qadar Iqbolbek Matruziyev, Andijon viloyati Bandlik bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

Ma’lumot uchun, Oltinko‘l tumanining sobiq hokimi Nazirjon O‘rinboyev joriy yilning 7 oktyabr kuni pnevmoniya asoratlaridan vafot etgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Oltinko'l tumani

Baholaganlar

107

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing