“Oltin to‘p” sohibining uyiga o‘g‘ri tushdi

Sport

image

Yevropa futbol assotsiatsiyasining sobiq (UEFA) prezidenti Mishel Platinining Fransiyadagi uyiga o‘g‘ri tushdi. Bu haqda RTL telekanali xabar berdi.

Hodisa kecha, 18 iyul kuni ertalab soat 5:30 atrofida yuz bergan. 70 yoshli Platini o‘zining Marsel shahri yaqinidagi qarorgohida bog‘ tomondan kelgan shovqinni eshitib, tashqariga chiqqan. U yerda qora kiyim kiygan notanish kishini ko‘rib qolgan. Jinoyatchi tezda voqea joyidan qochib ketgan.

Platini uyiga qaytib kirganida, uy eshigini buzib kirishgani va o‘g‘rilik alomatlarini payqagan. Aniqlanishicha, noma’lum shaxs taxminan 20 ta medal va kubokni olib ketgan. Zarar miqdori hali hisoblanmagan. Platinining o‘zi tan jarohati olmagan.

Marsel politsiyasi voqea yuzasidan tergovni boshlab yuborgan.

Ma’lumot uchun, 1984 yilgi Yevropa chempioni, uch karra “Oltin to‘p” sovrindori Platini 2007–2015 yillarda UEFA rahbari lavozimini egallagan. 2015 yilning kuzida u korrupsiya bilan bog‘liq mojaro tufayli sakkiz yilga futbol faoliyatidan chetlatilgan, biroq keyin bu muddat to‘rt yilgacha qisqartirilgan va u 2019 yil oktyabrida futboldagi faoliyatiga qaytish huquqiga ega bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

Frantsiya Oltin to'p Mishel' Platini UEFA

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing