Olmaotada 9 yoshli bola ilon chaqishi oqibatida vafot etdi

Olam

image

Qozog‘istonning Olmaota viloyatida bir bola ilon chaqishi oqibatida vafot etdi. Bu haqda viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasi Matbuot xizmati xabar berdi.

Joriy yilning 27 iyun kuni viloyatning Kegen qishlog‘ida soat 13:35 da 9 yoshli bola ilon chaqishi tashxisi bilan og‘ir ahvolda tuman shifoxonasining tez tibbiy yordam bo‘limiga yotqizilgan.

Bolaga reanimatsiya bo‘limida detoksifikatsiya muolajasi va sxema bo‘yicha ilon zahariga qarshi qo‘sh zardob berilgan.

Kegen viloyati shifoxonasi bosh shifokori o‘rinbosari Murat Seriqulining tushuntirishicha, bolada ilon chaqishi oqibatida o‘pka shishi, toksik gepatit va toksik nefrit kabi ko‘plab asoratlar rivojlangan. Oqibatda organlar yetishmovchiligi yuzaga kelgan.

O‘z vaqtida intensiv reanimatsiya yordami ko‘rsatilganiga qaramay, bola 29 iyun kuni vafot etgan.

2023 yil boshidan beri Olmaota viloyatida ilon chaqishi bilan bog‘liq 11 ta holat qayd etilgan. Biroq bu birinchi o‘lim bo‘ldi.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston Olmaota ilon chaqishi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing