Olimlar ruhiy yo‘l-yo‘riq ko‘rsatadigan robot-rohibni ishlab chiqdi

Texnologiya

image

Yaponiyada Kioto tadqiqotchilari “Buddharoid” deb nomlangan buddist yozuvlari bo‘yicha o‘qitilgan va inson ruhoniysi kabi harakatlanib va imo-ishoralar qilib, qiziqarli suhbatlar olib boradigan sun’iy intellekt robotini ishlab chiqdi. Bu haqda “Euronews” xabar berdi.

“Buddharoid” deb nomlangan gumanoid juda ko‘p miqdordagi buddist yozuvlari, jumladan, yuqori darajada ixtisoslashgan matnlar bo‘yicha o‘qitilgan bo‘lib, bu unga shaxsiy va falsafiy savollarga javob bera oladi.

Loyihaga Kioto universitetining Inson jamiyati kelajagi institutidan Seiji Kumagai rahbarlik qilgan. Ushbu robot ibodatxonalar ichida gapirishi, imo-ishora qilishi va harakatlanishi mumkin.

Avvalgi diniy robotlardan, masalan, asosan oldindan dasturlashtirilgan yoki ssenariy asosida yozilgan va’zlar bilan cheklangan Iso Masihning sun’iy intellekt simulyatsiyalaridan farqli o‘laroq, yangi tizim insonga o‘xshash harakatlarni bajarayotganda dinamik suhbatlar o‘tkazish uchun mo‘ljallangan.

Yaqinda Yaponiyadagi ibodatxonalardan birida bo‘lib o‘tgan namoyishda yuzsiz, kulrang xalat kiygan robot ishtirokchilar orasida yurib, yakkama-yakka suhbatlashgan.

Eslatib o‘tamiz, avvaloq Hindiston sun’iy intellekt poygasida jiddiy o‘yinchiga aylanishni maqsad qilgani, “Adani Enterprises” 2035 yilgacha 100 milliard dollar sarmoya kiritib, qayta tiklanuvchi energiya bilan ishlaydigan, SIga moslashtirilgan yirik data-markazlar qurishini e’lon qilgani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Olimlar sun'iy intellekt robot-rohib

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing