Oxirgi 4 yilda byudjetdan sportga ajratilayotgan mablag‘ 3 trillion so‘mga oshdi

Sport

image

Bugun, 13 fevral kuni bo‘lib o‘tayotgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Milliy Olimpiya Qo‘mitasi raisi Shavkat Mirziyoyev raisligidagi videoselektorda Mirziyoyev sport sohasining shunchaki o‘yin va musobaqalar emas, millat genofondi bo‘lishi kerakligini bildirdi. 

“Mamlakatning qudrati va obro‘-e’tiborini butun dunyoga tarannum etadigan eng ta’sirchan vosita, eng ustuvor vazifa deb bilishimiz shart”, deydi Prezident.

Shu bois Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlariga tayyorgarlik bo‘yicha birinchi marta bunday katta yig‘ilish o‘tkazilayotgani qayd etildi.

So‘nggi to‘rt yilda byudjetdan sportga ajratilayotgan mablag‘ 1,5 trillion so‘mdan 3 trillion so‘mga oshdi, murabbiylarning o‘rtacha maoshi 2 barobar ko‘paydi, 101 ta yirik sport ob’ektlari yangidan qurildi, 67 tasi rekonstruksiya qilindi.

Sportchilarning Parijda erishgan yutuqlari bu islohotlarning yorqin natijalari hisoblanadi. 

“Eng asosiysi, bu natijalar yoshlarni, ota-onalarni sportga bo‘lgan munosabatini o‘zgartirdi. Ko‘p yoshlarimizda “Men ham chempion bo‘laman”, degan shijoat paydo bo‘ldi”, deydi davlat rahbari.


Maqola muallifi

Teglar

Prezident Shavkat Mirziyoev Milliy Olimpiya Qo'mitasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing