Oq uy Trampni Nobel mukofotiga nomzod sifatida e’lon qildi
Olam
−
13 avgust 2025 1987 2 daqiqa
Oq uy AQSH Prezidenti Donald Tramp nomzodini Tinchlik bo‘yicha Nobel mukofotiga ilgari surdi. Bu haqda kecha, 12 avgust kuni idoraning rasmiy Instagram sahifasida e’lon qilindi.
“Prezident Donald Tramp – tinchlik Prezidenti”, deyiladi e’lon matnida.
Qayd etilishicha, jahon hamjamiyati Trampning Tinchlik bo‘yicha Nobel mukofotiga sazovor bo‘lishini qo‘llab-quvvatlamoqda. Shuningdek, uning nomzodini qo‘llab-quvvatlaganlar ro‘yxati ham e’lon qilindi:
- Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan;
- Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev;
- Kambodja Bosh vaziri Xun Manet;
- Gabon Prezidenti Bris Oligi Ngema;
- Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu;
- Ruanda Tashqi ishlar vaziri Olive Nduhiraxe;
- Pokiston hukumati.
Ma’lumot uchun, bungacha Kambodja Bosh vaziri AQSH Prezidenti Donald Tramp nomzodini Tinchlik bo‘yicha Nobel mukofotiga ilgari surish haqidagi rasmiy xatni Norvegiya Nobel qo‘mitasiga yuborgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ilhom Aliyev va Nikol Pashinyan Donald Trampni Tinchlik uchun Nobel mukofotiga nomzod qilib ko‘rsatish niyatida ekanini ma’lum qilgandi. Undan oldinroq esa ikki davlat yetakchisi AQSH vositachiligida Donald Tramp bilan uchrashuv chog‘ida ko‘p yillik mojarolardan so‘ng ikki tomonlama iqtisodiy aloqalarni rivojlantiruvchi va ularni o‘zaro munosabatlarni to‘liq normallashtirishga olib keladigan tinchlik bitimini imzolagandi.
Shuningdek, joriy yilning 10 may kuni AQSH vositachiligida Hindiston va Pokiston hukumatlari bir necha kun davomida raketa zarbalarini almashgandan so‘ng o‘t ochishni to‘xtatish va muzokaralarni boshlashga kelishib olgandi. Shundan so‘ng Islomobod Trampni Tinchlik bo‘yicha Nobel mukofotiga rasman tavsiya qilib, uning “qat’iy diplomatik aralashuvi va asosiy rahbariyatini” olqishladi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025