Nissan 2030 yilgacha elektromobil va gibridlarning yangi modellarini ko‘paytirmoqchi
Texnologiya
−
27 fevral 2023
5479Yaponiyaning Nissan kompaniyasi biznesni rivojlantirish strategiyasi doirasida 2030 yilga qadar (2030 yil 1 apreldan boshlanadi) elektromobillar va gibridlarning yangi modellarini 23 tadan 27 tagacha oshirmoqchi. Bu haqda ishlab chiqaruvchi saytida chop etilgan bayonotda keltirilgan.
“Biz 27 ta yangi modelni ishlab chiqarish niyatidamiz”, deyiladi bayonotda.
Qayd etilishicha, ularning 27 tasidan 19 tasi to‘liq elektron avtomobillardan iborat bo‘ladi. 2024 yilda shunday elektromobillardan biri Xitoy bozori uchun taqdim etiladi.
Yapon kompaniyasi bu strategiya orqali 2026 yilga qadar jahon bozorlarida elektromobillar va gibridlar savdosini oshirishni rejalashtirmoqda. Bu ko‘rsatkich Yevropada umumiy sotuv hajmining 98, Yaponiyada 58, Xitoyda 35 foizini tashkil etadi. AQSH esa ushbu o‘sish darajasini 40 foizga yetkazmoqchi.
Yaponiya avtomobil ishlab chiqaruvchilari so‘nggi vaqtlarda asosiy e’tiborni kamxarj texnologiyalarga qaratmoqda. Yetakchi avtokonsernlardan biri “Toyota” ham 2030 yilgacha faqat elektr va gibrid dvigatelli mashinalarni sotishni maqsad qilgan. Korxona bu natijaga Xitoyda 2035 yilga qadar erishishni rejalashtirgan.
Umida Muxtorbekova
LiveBarchasi