Niderlandiya Shvetsiyani yirik hisobda mag‘lub etdi

Sport

image

Bugun, 20 iyun kuni 2026 yilgi futbol bo‘yicha Jahon chempionati “F” guruhining 2-turidan o‘rin olgan Niderlandiya va Shvetsiya terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv yakunlandi. Uchrashuvda Niderlandiya terma jamoasi 5:1 hisobida ishonchli g‘alabaga erishdi.

AQSHning Xyuston shahridagi “NRG Stadium” arenasida bo‘lib o‘tgan bahsni angliyalik hakam Maykl Oliver boshqarib bordi.

Hisob o‘yinning 5-daqiqasida niderlandiyalik hujumchi Brayan Brobbi tomonidan ochildi. U 17-daqiqada yana bir bor raqib darvozasini ishg‘ol qilib, dubl muallifiga aylandi.

Ikkinchi bo‘limda esa Kodi Gakpo o‘zini ko‘rsatdi. U 47 va 54-daqiqalarda gol urib, jamoasining ustunligini yanada oshirdi.

59-daqiqada shvetsiyalik hujumchi Entoni Elanga bitta to‘p kiritib, hisobni qisqartirdi. Ammo uchrashuvning 89-daqiqasida Krisensio Sammervill yakuniy nuqtani qo‘ydi — 5:1.

Ushbu g‘alabadan so‘ng Niderlandiya 4 ochko bilan “F” guruhida peshqadamlikni qo‘lga oldi. Shvetsiya 3 ochko bilan ikkinchi o‘rinda bormoqda. Guruhdagi boshqa jamoalar — Yaponiya va Tunis bahsi ertaga, 21 iyun kuni Toshkent vaqti bilan 9:00 da bo‘lib o‘tadi.

Guruh bosqichining so‘nggi turida, joriy yilning 26 iyun kuni Niderlandiya Tunisga qarshi maydonga tushsa, Shvetsiya Yaponiya bilan kuch sinashadi.

O‘yinda kiritilgan gollarni ushbu havola orqali tomosha qilishingiz mumkin.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing