Neymar ko‘z yoshini tiya olmadi – “Santos” o‘z uyida tarixiy mag‘lubiyatga uchradi

Sport

image

Braziliyaning “Santos” klubi hujumchisi Neymar o‘z jamoasining uy o‘yinida “Vasko da Gama”dan yirik hisobda (6:0) mag‘lub bo‘lganidan keyin maydonni ko‘z yoshlari bilan tark etdi. Bu natija Neymarning faoliyatidagi eng yirik mag‘lubiyat bo‘lib, “Santos” Braziliya A Seriyasida ilk bor o‘z maydonida oltita gol o‘tkazib yubordi. Bu haqda BBC xabar berdi.

Sakkiz karra chempion “Santos” ligadagi xavfli hududdan atigi ikki ochko yuqoriroqda joylashgan. Kecha, 17 avgust kuni mag‘lubiyatdan bir necha soat o‘tib jamoa bosh murabbiyi Kleber Xaver ishdan bo‘shatildi. U aprel oyidan buyon jamoani boshqarib, 15 ta o‘yindan atigi 5 tasida g‘alaba qozongan edi.

“Liverpul” va “Aston Villa”ning sobiq hujumchisi Filippe Koutino ikkita gol urib, “Vasko”ga ligadagi olti o‘yinlik g‘alabasiz seriyani tugatishda va so‘nggi 17 yildagi eng yirik g‘alabasini qo‘lga kiritishda yordam berdi.

O‘yinndan so‘ng Neymar hissiyotlarini yashira olamadi.

“Men uyaldim. O‘yinimizdan butunlay hafsalamiz pir bo‘ldi. Muxlislar norozilik bildirishga haqli. Agar so‘kishsa ham, bu ularning huquqi. Maydondagi munosabatimiz dahshatli bo‘ldi. Men hayotimda bunday holatni ko‘rmaganman. Ko‘z yoshlarim g‘azabdan edi. Har birimiz nima qilishni xohlashimizni o‘ylashimiz kerak”, dedi u.

“Santos” 24 avgust kuni safarda kuchli to‘rtlikdagi “Bahia”ga qarshi maydonga tushadi. Klub o‘tgan yil B Seriyada ilk bor ishtirok etganidan keyin Oliy ligaga qaytgan edi, ammo hozir yana xavfli zonaga yaqinlashmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Neymar shu yil qishda “Al-Hilol”dan “Santos” qaytgan edi.

Jahongir Boltaboyev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Neymar “Santos”

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing