Neymar Braziliya yig‘iniga shaxsiy vertolyotida bordi (video)
Sport
−
28 may 3322 1 daqiqa
“Santos” hujumchisi Neymar Jahon chempionatiga tayyorgarlik doirasida yig‘in o‘tkazayotgan Braziliya terma jamoasi mashg‘ulot bazasiga shaxsiy vertolyotida tashrif buyurdi. Bu haqda UOL nashri xabar berdi.
Braziliyalik futbolchi mashg‘ulot bazasiga shaxsiy vertolyotida tashrif buyurgandan so‘ng terma jamoa qarorgohiga borgan va u yerda bosh murabbiy Karlo Anchelotti hamda jamoadoshlari bilan iliq ko‘rishgan.
Avvalroq, Neymar jarohat olgani va bu jarohat jiddiy ekani haqida xabar berilgandi. Keyinchalik Braziliya futbol konfederatsiyasi (CBF) 34 yoshli hujumchining sog‘lig‘i haqida aniq ma’lumotlar yo‘qligidan norozi ekanini ma’lum qildi.
Taxminlarga ko‘ra, Neymarning Jahon chempionati oldidan Panama (31 may) va Misr (5 iyun) terma jamoalariga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvlarida ishtirok etolmaydi.
Ma’lumot uchun, 2026 yilgi Jahon chempionati guruh bosqichida Braziliya terma jamoasi Marokash, Gaiti va Shotlandiyaga qarshi maydonga tushadi. Neymar Braziliya terma jamoasi tarixidagi eng yaxshi to‘purar hisoblanadi. U milliy jamoa safida 79 ta gol urgan.

Live
Barchasi