Netanyaxuning o‘limini rad etuvchi video soxta ekani isbotlandi
Olam
−
15:47 12291 2 daqiqa
Bugun, 16 mart kuni Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyaxuning yaqinda e’lon qilingan videosi sun’iy intellekt yordamida yaratilgani aniqlandi. Bu haqda “Tasnim” xabar berdi.
Netanyaxu idorasi bir necha soat oldin Bosh vazirning taqdiri haqidagi gap-so‘zlarga javoban videoni e’lon qilgan. Biroq, internet foydalanuvchilari videoda sun’iy intellektdan foydalanilgan bo‘lishi mumkinligini ta’kidlamoqda.
Ularning fikricha, videoda bir nechta shubhali belgilar mavjud. Masalan, kadrda ko‘rinadigan qahva finjoni to‘la bo‘lsa-da, u ag‘darilganda yoki harakatlanganda ichidagi suyuqlik to‘kilmaydi. Shuningdek, Netanyaxu qahva ichayotgandek ko‘rinsa ham, finjondagi qahva miqdori kamaymaydi.
Bundan tashqari, ayrim foydalanuvchilar videoda Bosh vazirning yuz ko‘rinishi haqiqiy suratlaridan farq qilishini ham qayd etgan.
So‘nggi kunlarda Eronning raketa hujumlari fonida Netanyaxuning halok bo‘lgani yoki jarohat olgani haqidagi taxminlar ijtimoiy tarmoqlar va ayrim xorijiy manbalarda keng muhokama qilinmoqda.
Videoning sun’iy intellekt yordamida yaratilganini ko‘rsatish uchun ayrim foydalanuvchilar shu sahnaga o‘xshash tarzda boshqa siyosatchilar, jumladan Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron ishtirokidagi sun’iy videolarni ham yaratib ko‘rsatgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyaxu o‘zining o‘limi haqidagi mish-mishlar fonida yangi video e’lon qilgandi. U videoda mamlakatdagi kafelardan birida qahva buyurtma qilayotgani va dolzarb savollarga javob berayotgani ko‘rinadi.
Live
Barchasi