Netanyaxu To‘qayevga Qozog‘iston Ibrohim kelishuvlariga qo‘shilgani uchun rahmat aytdi

Olam

image

Bugun, 10 yanvar kuni Isroil tomoni tashabbusi bilan Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev va Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu o‘rtasida telefon orqali suhbat bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Oqo‘rda matbuot xizmati xabar berdi.

Bildirilishicha, suhbat davomida tomonlar Qozog‘iston va Isroil o‘rtasidagi ko‘p yillik va ko‘p qirrali hamkorlik izchil rivojlanib borayotganini katta mamnuniyat bilan qayd etgan. Ikki tomonlama va ko‘p tomonlama kun tartibidagi masalalarning keng doirasi bo‘yicha hamkorlikni yanada chuqurlashtirishga o‘zaro tayyorlik tasdiqlangan.

Alohida qayd etilishicha, Binyamin Netanyaxu Qozog‘istonning Ibrohim kelishuvlariga qo‘shilish haqidagi qarori uchun Qosim-Jomart To‘qayevga chuqur minnatdorlik bildirgan. Isroil Bosh vaziri bu qadamni jasoratli va uzoqni ko‘zlab qilingan qaror, deb atab, uning tinchlik, barqarorlik va xalqaro muloqotni mustahkamlashdagi muhim ahamiyatini ta’kidlagan.

Shuningdek, yuqori darajadagi tashriflarni tashkil etish maqsadida faol aloqalarni davom ettirish bo‘yicha kelishuvga erishilgan.

Ma’lumot uchun, Ibrohim kelishuvlari (Abraham Accords) Isroil va 4 ta arab davlati o‘rtasida tuzilgan shartnoma bo‘lib, mintaqadagi qo‘shnilar o‘rtasida tinchlik g‘oyasi va munosabatlarni normallashtirishni anglatadi. Hujjat Donald Trampning tashabbusi bilan uning birinchi prezidentlik davrida – 2020 yil 15 mayda Bahrayn, Isroil va Birlashgan Arab Amirliklari o‘rtasida imzolangan. O‘sha yilning o‘zida Marokash va Sudan ham mazkur kelishuvga imzo chekkan.

Eslatib o‘tamiz, 2025 yilning noyabr oyida AQSH Prezidenti Donald Tramp Qozog‘iston Ibrohim kelishuvlariga qo‘shilishini e’lon qilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Qosim-Jomart To'qaev Bin'yamin Netan'yaxu Ibrohim kelishuvlari

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing