Nechta davlat Ukrainaga qo‘shin kiritishga tayyor?

Olam

image

Ukraina bo‘yicha tinchlik kelishuvi doirasida Yevropa davlatlari o‘z qo‘shinlarini yuborishga tayyorligini bildirmoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, Britaniya va Fransiya qo‘shin yuborish rejasini muhokama qilgan va qariyb 10 ta mamlakat Ukraina hududiga qo‘shin kiritishga rozilik bildirgan. Bu haqda o‘z manbalariga tayanib, “Bloomberg” xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Kreml NATO qo‘shinlarining Ukrainada joylashtirilishi ehtimolini qat’iyan rad etgan va Kiyevdan sharqiy hududlarning katta qismini nazoratga topshirishni talab qilmoqda. Yaqin kunlarda Ukraina uchun xavfsizlik kafolatlari paketi ishlab chiqilishi kutilmoqda. Italiya Bosh vaziri Jorjiya Meloni ham NATOga o‘xshash, biroq to‘liq a’zolikni nazarda tutmaydigan xavfsizlik kafolatlarini taklif qilgan.

Nashrning yozishicha, Yevropa yetakchilari ushbu rejaga AQSH Prezidenti Donald Trampning qo‘llovini olgan. Tramp yaqinda Zelenskiy va Yevropa rahbarlari bilan Vashingtondagi uchrashuvdan so‘ng Putin va Zelenskiy uchrashuviga tayyorgarlik boshlaganini ma’lum qilgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya va Ukraina Prezidentlari muzokarasidan keyin uch tomonlama formatda ham uchrashuv o‘tkazilishi mumkin.

AQSH Prezidenti bu jarayonni: “To‘rt yildan beri davom etayotgan urushdagi juda yaxshi birinchi qadam”, deb atagan. Uning ta’kidlashicha, vitse-prezident Jeyms Devid Vens, Davlat kotibi Marko Rubio va maxsus elchi Stiv Uitkoff Rossiya va Ukraina bilan hamkorlikda muvofiqlashuv ishlarini olib bormoqda. Qaysi mamlakatda uchrashuv o‘tkazilishi hozircha noma’lum. OAV xabariga ko‘ra, AQSH va Yevropa Ittifoqi mamlakatlari uni Yevropada o‘tkazishga kelishib olgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Donald Tramp “Fox News” nashriga bergan intervyusida Ukraina tinchlik kelishuvi ortidan ko‘p yer olishini, ammo u aynan qaysi hududlar nazarda tutilayotganini ochiqlamagandi. Tramp qo‘shimcha ravishda Rossiyani kuchli va qudratli davlatligini aytib, yoqsa-yoqmasa baribir u ancha kattaroq mamlakat ekanini ta’kidlagan.  


Maqola muallifi

Teglar

Evropa Ukraina qo'shin

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing