Navoiyda o‘z uyini narkolaboratoriya qilgan shaxs ushlandi (video)

3-sahifa

image

Navoiy viloyatida 26 yoshli fuqaro o‘z uyida narkolaboratoriya tashkil qilgani aniqlandi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.

Davlat xavfsizlik xizmati va Ichki ishlar organlari xodimlari hamkorligida Navoiy shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirda 2000 yilda tug‘ilgan mahalliy fuqaro to‘xtatilib tekshirilgan hamda undan 8 ta ampulada “gashish” moyi va 10 dona folga qog‘ozga o‘ralgan “gashish” moddasi olindi.

So‘ngra tezkor tadbir davom ettirilib, uning yashash xonadoni ko‘zdan kechirilganda, narkolaboratoriya tashkil qilganligi ma’lum bo‘lgan. Ushbu manzildan 34 dona izolenta bilan o‘ralgan “gashish”, 63 ta ampulada 88 gramm “gashish” moyi va 2 ta shpritsda 25 milligramm “gashish” moyi, shuningdek, 640 gramm “gashish” moyi va 2 gramm qo‘lbola usulda tayyorlangan gashish hamda giyohvandlik vositalarini qadoqlash uchun ishlatiladigan izolenta, tarozi, ampula, shprits va boshqa buyumlar ashyoviy dalil sifatida olingan.

Hozirda qonunbuzarga nisbatan Jinoyat kodeksining 273-moddasi 4-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Farg‘ona viloyatida aka-ukalardan 4 kilogramm 463 gramm “gashish” giyohvandlik moddasini topilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Navoiy gashish narkolaboratoriya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing