NATO iyul sammitidan oldin “Harbiy Shengen”ni e’lon qilishi mumkin 

Olam

image
NATO 36 yil ichida eng yirik harbiy mashg‘ulotlarini o‘tkazmoqda north_east

NATO 36 yil ichida eng yirik harbiy mashg‘ulotlarini o‘tkazmoqda

NATO davlatlari iyul oyida Vashingtonda bo‘lib o‘tadigan alyans sammiti oldidan harbiy karvonlarning erkin harakatlanishini ta’minlaydigan “Harbiy Shengen” tizimini joriy etishga kelishib olishi mumkin. Bu haqda Britaniyaning “The Times” gazetasi xabar berdi.

NATOning logistika bo‘yicha qo‘shma qo‘mondonligi (JSEC) rahbari general Aleksandr Solfrank nashrga bergan intervyusida blok o‘z harakatchanligini oshirish uchun byurokratik qoidalar sonini kamaytirishdan manfaatdor ekanini tasdiqlagan. Bundan tashqari, harbiy rahbar alyansga a’zo davlatlar o‘rtasida uskunalarning o‘zaro almashinishi masalasi bo‘yicha hamkorlikni kuchaytirish tarafdori ekanini aytgan. Xususan, u bir davlatning desantchilari tomonidan boshqa davlatlarning parashyutlaridan foydalanishni taqiqlashni noto‘g‘ri, deb hisoblashini bildirgan.

Qayd etish joizki, Yevropa Ittifoqi va NATO 2017 yilning kuzida “Harbiy Shengen” tizimini yaratishni boshladi. Dastlab bir necha Boltiqbo‘yi siyosatchilari tomonidan bildirilgan tashabbusni o‘sha paytda Yevropa Ittifoqi diplomatik xizmatini boshqargan Federika Mogerini faol qo‘llab-quvvatlagan. Ushbu tizimni shakllantirish o‘sha yili yaratilgan Yevropa Ittifoqining Doimiy tuzilmaviy mudofaa hamkorligi (PESCO) dasturining asosiy vazifasi bo‘lib, u og‘ir va katta texnikani yetkazib berish uchun imkon qadar ko‘proq avtomagistrallardan foydalanish uchun Yevropa transport infratuzilmasini, jumladan, avtomobil yo‘llari, temiryo‘llar, ko‘priklar, tunnellar, portlar va aeroportlarni kengaytirish va mustahkamlash loyihalarini o‘z ichiga oladi. 

Bunga parallel ravishda Yevropa davlatlari harbiy va boshqa xavfli yuklarni, ayniqsa, portlovchi moddalarni tashish bo‘yicha o‘zlarining bir-biridan farq qiluvchi qoidalarini uyg‘unlashtirishni muhokama qila boshladi. Bularning barchasi konvoylarga faqat yonilg‘i quyish va dam olish uchun to‘xtab, yagona ruxsatnoma asosida butun Yevropani kesib o‘tishga imkon beradigan tizim – "Harbiy Shengen"ni yaratishga olib kelishi kerak edi. Ushbu tashabbus NATO tomonidan faol qo‘llab-quvvatlandi. PESCO dasturining ishga tushirilishi bilan alyans va YeI o‘rtasidagi o‘zaro aloqalar sezilarli darajada faollashdi.


Maqola muallifi

Teglar

NATO

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing