Narendra Modi O‘zbekistonga kelishi kutilmoqda

Jamiyat

image

Hindiston Bosh vazir Narendra Modi O‘zbekistonga kelishi kutilmoqda. Bu haqda ANI xabar berdi.

Nashrning yozishicha, O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov shu kunlarda Hindistonga amalga oshirgan to‘rt kunlik safari Bosh vazir Narendra Modining O‘zbekistonga kutilayotgan tashrifiga tayyorgarlik ko‘rishga qaratilganini aytib, mamlakatlar o‘rtasidagi ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlash muhimligini qayd etgan.

Joriy yilning 3 avgust kuni Hindiston Tashqi ishlar vaziri Subramanyam Jayshankar bilan delegatsiyalar darajasidagi muzokaralar chog‘ida Saidov Hindiston rahbariyati bilan o‘tkazilgan muhokamalar ikki tomon o‘rtasidagi muntazam muloqotning davomi bo‘lib, strategik sheriklikni yanada chuqurlashtirishga qaratilganini aytgan.

“Biz atigi 10 kun oldin telefon orqali juda ko‘p narsalarni muhokama qilgan edik va, albatta, mening ajoyib mamlakatingizga tashrifim... Men shuni aytgan bo‘lardimki, biz Bosh vazirining O‘zbekistonga kutilayotgan tashrifiga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida ushbu uchrashuvlarni o‘tkazish, ko‘rishish va suhbatlashishga kelishib olgan edik”, deydi Saidov o‘z nutqida.

U ushbu tashrifni ikki mamlakat o‘rtasidagi muloqotning “amaliy davomi” deb atagan va ikkala tomon ham xalqaro platformalar hamda tadbirlardan muloqotni mustahkamlash imkoniyati sifatida izchil foydalanib kelayotganini qo‘shimcha qilgan.

“Aytishim mumkinki, bu bizning doimiy muloqotimizning amaliy davomidir, xuddi ilgari bo‘lganidek va biz doimo har qanday imkoniyatdan – xalqaro platforma va umuman tadbirlardan foydalanamiz. Shaxsan menga va butun delegatsiyamizga berilgan maxsus topshiriq – men ta’kidlab o‘tganimdek, Bosh vazirining O‘zbekistonga bo‘lajak tashrifiga tayyorgarlik ko‘rish uchun mamlakatingizga tashrif buyurishdir”, deydi vazir.

O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri, shuningdek, ushbu tashrif O‘zbekiston va Hindiston o‘rtasidagi ikki tomonlama aloqalarga yangi sur’at bag‘ishlash uchun imkoniyat ekanini aytgan.
 
“Bu mamlakatlarimiz o‘rtasidagi ikki tomonlama hamkorlikni chuqurlashtirish va mustahkamlashga turtki berish uchun yana bir imkoniyat va imkondir”, deydi u.

Hindistonni ishonchli hamkor deb atagan Saidov Nyu-Dehli O‘zbekistonning Janubiy Osiyodagi eng muhim strategik va savdo hamkorlaridan biri bo‘lib qolishini ta’kidlagan.

“Hindiston, shubhasiz, ishonchli hamkor va Janubiy Osiyodagi eng muhim strategik va savdo hamkorimizdir”, deya qo‘shimcha qilgan u.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov 2 avgustdan 5 avgustgacha bo‘lgan davrda Hindistonda yuqori darajadagi rasmiy tashrif bilan bo‘lib turibdi.

Joriy yilning 3 avgust kuni Saidov tashrif doirasida Rashtrapati-Bxavanda mamlakat Prezidenti Drupadi Murmu bilan uchrashdi, shundan so‘ng Tashqi ishlar vaziri bilan muzokaralar o‘tkazdi.

O‘zbekiston va Hindiston TIV rahbarlari Saidov va Jayshankar o‘rtasidagi muzokaralar chog‘ida strategik sheriklik holati atroflicha ko‘rib chiqilgan, energetika, infratuzilma, mudofaa va savdo kabi sohalarga alohida e’tibor qaratilgan. 

“Do‘stim, O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov bilan uchrashganimdan juda xursandman. Energetika, infratuzilma, savdo, mudofaa, ta’lim va madaniyat sohalariga alohida e’tibor qaratgan holda Strategik sherikligimizni atroflicha ko‘rib chiqdik”, deb yozdi Jayshankar X ijtimoiy tarmog‘idagi postida. 

Tomonlar, shuningdek, mintaqaviy asosiy muammolarni muhokama qilishdi va ko‘p tomonlama hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha fikr almashgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Baxtiyor Saidov Hindistonning Nyu-Dehli shahrida AQSH Prezidenti Donald Trampning Janubiy va Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili, elchi Serjio Gor bilan uchrashgani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing