Voyaga yetmagan qizni zo‘rlagan qidiruvdagi shaxs ushlandi

3-sahifa

image

Bugun, 12 aprel kuni Namangan viloyati Ichki ishlar boshqarmasi tomonidan voyaga yetmagan qizni zo‘rlaganlikda gumonlanib qidiruv e’lon qilingan Sh.U.ning topilgani ma’lum qilindi.

Xabar berilishicha, qidiruvdagi shaxs Namangan shahri “O‘zbekiston” ko‘chasida joylashgan yashash xonadonining yerto‘lasidan topilgan.

“Hozirda ushbu shaxsga nisbatan qamoqqa olish tarzida ehtiyot chorasi qo‘llanilgan”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, mazkur shaxs joriy yilning 1 aprel kuni soat 23:30 larda Bobur bog‘idan voyaga yetmagan qizni uyiga olib borib qo‘yish bilan aldab, noma’lum manzildagi xonadonga olib borgan. Unga zo‘rlik ishlatib, nomusiga tekkan. Sh.U.ning jinoyatga oid harakatlari Bobur bog‘i va ko‘chalardagi kuzatuv kameralarida aks etgan. Shuningdek, jabrlanuvchining kiyimlari, badanidagi tan jarohatlari va zo‘rlik alomatlari yuzasidan sudga oid tegishli tibbiy ekspertizalar tayinlanib, holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 118-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Namangan qidiruvda bo'lgan shaxs

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing