Namanganda shifokorni do‘pposlagan aka-uka jazolandi. Ulardan biri qamaldi

3-sahifa

image

Namanganda shifokorni ayovsiz kaltaklagan aka-ukalarga sud hukmi o‘qildi. Ulardan biri qamaldi. Bu haqda Oliy sud QALAMPIR.UZ'ga ma’lum qildi. 

Qayd etilishicha, voqea joriy yilning 28 iyul kuni Namangan shahridagi 10-sonli oilaviy poliklinikada sodir bo‘lgan. Uka akasining tana harorati ko‘tarilayotganidan shikoyat qilib shifokorga murojaat qilgan. Biroq, shifokor akaning harorati baland emasligini aytgan

Shundan so‘ng, aka-ukalar shifokorning qo‘ygan tashxisidan norozi bo‘lib, uni ayovsiz do‘pposlab, jiddiy tan jarohati yetkazgan. 

Mazkur holat yuzasidan uka O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi “b” bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir qilganlikda aybdor deb topilib, unga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi “b” bandi bilan 2 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.

Sudlanuvchi akaga esa Jinoyat kodeksining 62-moddasi tartibida uning qamoqda saqlangan bir kunini majburiy jamoat ishlari jazosining 4 soatiga tenglashtirib hisoblab, tayinlangan jazodan 216 soat chegirib, o‘tash uchun 144 soat majburiy jamoat ishlari jazosi qoldirilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

151

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing