Namanganda gaz ulab berishni va’da qilib, fuqarolardan pul undirganlar ushlandi

3-sahifa

image

Namanganda ikki shaxs fuqarolarga xonadonlariga tabiiy gaz tarmog‘ini tortib berish va ruxsatnoma olib berishni va’da qilib, 2 100 AQSH dollari talab qilgani aniqlandi. Bu haqda bugun, 25 avgust kuni Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Qayd etilishicha, Departamentning Pop tumani bo‘limi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan. Tadbir davomida “Pop tumangaz” operatori N. R. va muqaddam sudlangan fuqaro P. Z. ikki fuqaroga yuqori lavozimlarda ishlaydigan tanishlari orqali ularning xonadonlariga tabiiy gaz tarmog‘ini tortib berish hamda ruxsatnoma olib berishni va’da qilgani aniqlangan.

Buning evaziga ular 2 100 AQSH dollari talab qilgan hamda undan 200 AQSH dollarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgan. Qolgan 1 900 AQSH dollarini olayotgan vaqtida esa ashyoviy dalillar bilan qo‘lga tushgani ma’lum qilingan.

Shuningdek, tekshiruv davomida N. R. tomonidan olingan 200 AQSH dollari qaytarilishi protsessual tartibda rasmiylashtirilgan.

Bildirilishicha, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (Firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Farg‘ona viloyatida o‘tkazilgan nazorat tadbirlari davomida tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish bilan bog‘liq ikki holat aniqlangani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing