Nyu-Yorkda fojia: uç qavatli bino qulab, odamlar vayronalar ostida qoldi (video)
Olam
−
09:53 1424 2 daqiqa
AQŞning Nyu-York şahri Bruklin tumanida uç qavatli turar joy binosi qulab tuşdi. Hodisa oqibatida kamida ikki kişi halok böldi, 17 kişi jarohatlandi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.
Qayd etilişiça, hodisa keça, 11 noyabr kuni mahalliy vaqt bilan soat 16:00 atrofida Bruklinning Fletbuş hududida sodir bölgan. 1930 yilda qurilgan, törtta xonadondan iborat bino yonidagi quriliş maydonçasiga qulab tuşgan. Öşa vaqtda maydonda qaziş işlari olib borilayotgan bölgan.
Şahar yonğin xavfsizligi xizmati rahbari Jon Espozito voqea sabablarini aniqlaş böyiça tergov boşlanganini ma’lum qilgan. Uning aytişiça, vayronalar ostida yana odamlar qolib ketgan bölişi mumkin. Hududni töliq tekşiriş uçun qutqaruvçilarga bir neça kun kerak böladi.
Şahar yonğin xavfsizligi departamenti komissari Lillian Bonsinore ma’lum qilişiça, hodisa oqibatida jabrlanganlarning umumiy soni 19 nafarga yetgan, ularning yetti nafari bolalar. Halok bölgan ikki kişining yoşi va jinsi haqida ma’lumot berilmagan. Şuningdek, bir nafar öt öçiruvçi ham yengil tan jarohati olgan.
Nyu-York meri Zoran Mamdani halok bölganlar soni kamida ikki nafar ekanini tasdiqlagan. Jarohatlanganlar turli darajadagi tan jarohatlari bilan mahalliy şifoxonalarga olib ketilgan.
Qutqaruv işlari voqea joyiga yaqin hududda bölgan öt öçiruvçilar tomonidan boşlangan. Ular bino qulaganidan bir daqiqa ötib yetib kelgan va dastlabki jabrlanuvçilarni vayronalar ostidan olib çiqqan. Qidiruv işlariga maxsus itlar ham jalb etilgan.
Mahalliy OAVga köra, bino qulaganidan taxminan 2–2,5 soat ötib, vayronalar ostidan kamida tört nafar tirik qolgan, jumladan, homilador ayol qutqarilgan.
Rasmiylar hozirça bedarak yöqolganlar sonini aniqlay olmagan. Qutqaruvçilar vayronalar ostida qolgan bölişi mumkin bölgan barça odamlarni qidirişda davom etmoqda.
Eslatib ötamiz, avvalroq Keniyaning poytaxti Nayrobida qurilayotgan 16–18 qavatli bino qulab tuşgani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi